Misr tashqi ishlar vaziri IShID Liviyaga qaytganini ma'lum qildi
Samih Shukriyning so‘zlariga ko‘ra, Liviyada yuzaga kelgan tahdid Misrning g‘arbiy chegaralariga xavf soladi.
Misr tashqi ishlar vaziri Samih Shukriy BMT xavfsizlik kengashi yig‘ilishida qilgan chiqishi chog‘ida Liviyaga IShID jangarilari qaytganini ma'lum qildi.
"IShID jangarilari Liviya g‘arbidagi ayrim shaharlarda, ayniqsa Sabratda yana paydo bo‘lganidan qattiq tashvishdaman. Imkoniyatdan foydalanib, tashkilotga a'zo davlatlar Liviyadagi terrorizmga qarshi kurash olib borishga majburligini tasdiqlamoqchiman", - dedi u.
Shukriyning qo‘shimcha qilishicha, BMT a'zolari "har qanday hududiy tomonning ekstremistlarga har qanday shakldagi qo‘llab-quvvatlovini qoralashi shart".
Uning so‘zlariga ko‘ra, Liviyada yuzaga kelgan tahdid Misrning g‘arbiy chegaralariga xavf soladi.
Liviyada Tripoli va mamlakat g‘arbini nazorat qilib turgan milliy kelishuv hukumati va sharqiy hududlarni nazorat qilayotgan Liviya milliy armiyasi o‘rtasidagi to‘qnashuvlar davom etmoqda.
Mavzuga oid
13:38 / 08.11.2024
Misr Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sohasiga investitsiya kiritmoqchi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
12:33 / 06.11.2024
BMT: Yil boshidan beri Liviyada minalar portlashi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi
12:32 / 06.11.2024