Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada 13 iyuldan deyarli barcha karantin cheklovlari bekor qilinadi
Shu bilan birga, jamoat transporti, tibbiyot muassasalari, do‘konlar va jamoat joylarida niqob taqish majburiyligi saqlanib qoladi.
Moskvada 13 iyuldan ommaviy tadbirlar o‘tkazishga qo‘yilgan taqiqdan boshqa barcha cheklov choralari bekor qilinadi. Bu haqda shahar meri Sergey Sobyanin o‘zining shaxsiy blogida ma'lum qildi.
Shu bilan birga, jamoat transporti, tibbiyot muassasalari, do‘konlar va jamoat joylarida niqob taqish talabi saqlanib qoladi.
"2020 yil 13 iyuldan fuqarolarga ko‘chaga chiqqanda niqob, respirator yoki nafas olish organlarini himoya qiluvchi boshqa vositalardan foydalanish tavsiya etiladi. Ko‘chada niqob taqish majburiyligi bekor qilinadi", - deb yozdi Sobyanin.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Moskvada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 227363ta holat qayd etilgan, vafot etganlar soni 4 mingdan oshgan.
Mavzuga oid
08:51 / 19.06.2026
Moskva yaqinidagi NQZga hujumdan so‘ng “neft yomg‘iri” kuzatildi
15:18 / 15.06.2026
Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Rossiya hududlarini suv bosdi – fotolar
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
08:45 / 20.05.2026