Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda kasalxonaga mashinada kirishni xohlagan fuqaro shifokorni kaltakladi
Samarqandda 26 yoshli fuqaro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasiga mashinada kirishni istab janjal uyushtirgan. Bu haqda IIV qoshidagi Tergov departamenti axborot xizmati xabar bergan.
Bu voqea borasida «Sevimli» telekanalining «Zamon» yangiliklar dasturida ham reportaj tayyorlangan. Lavhada aytilishicha, 3 iyul kuni 26 yoshli fuqaro xalq tilida «oblastnoy» deb ataladigan viloyat tibbiyot birlashmasiga borib, u yerda yotgan otasini olib ketish uchun mashinada kirishni istaydi. Kasalxona qorovuli esa karantin sabab buning iloji yo‘qligini aytadi.
Shunda 26 yoshli fuqaro X.K. kasalxonaning 20 yoshli qorovuli F.M.ni kaltaklab ketadi. Janjalni tinchitishga uringan 46 yoshli shifokor F.M. ham bezori fuqarodan kaltak yeydi. Oqibatda 20 yoshli qorovulning burni sinadi, 46 yoshli shifokorda esa miya chayqalishi sodir bo‘ladi. O‘z navbatida janjal vaqtida fuqaro 20 yoshli X.K. ham jarohat olgan.
Voqea yuzasidan Samarqand shahar IIB tergov bo‘limi tomonidan fuqaro X.K.ga nisbatan jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan ish ochilgan va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:45 / 05.06.2026
“AQShga murojaatingizdan xursandmiz” - Sherdor restavratsiyasiga 500 ming dollar ajratildi
17:36 / 05.06.2026
Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyati bilan uchrashdi
18:49 / 04.06.2026
Saida Mirziyoyeva Global ekologik jamg‘arma Assambleyasida ishtirok etdi
20:37 / 03.06.2026