Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ba'zilar umuman pul to‘lamasdi» – Trapm AQShning NATOdan chiqishi haqida gapirdi
Foto: Getty Images
AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatning NATOdan chiqishi haqida gapirdi. Tramp bu haqda Washington Post nashriga bergan intervyusida aytgan.
«Men [AQSh prezidentligiga] kelgan vaqtimda davlatlar NATOga 140 milliard dollar to‘lardi, hozir bu ko‘rsatkich 400 milliard dollarga yetdi. NATOning maqsadi nima? Rossiya», degan Tramp Rossiyaga qarshi ko‘rilgan choralar haqida gapirib.
Aynan Trampning tashabbusi bilan NATO davlatlarining a'zolik badali uchun yangi – YaIMning 4 foizi miqdorida chegara o‘rnatilgandi. Davlatlar esa har yili o‘z YaIMning 2 foizini alyansning hisobiga o‘tkazishga undalgan. Tramning Washington Post'ga bergan intervyusida aytishicha, davlatlar yanada ko‘proq pul o‘tkazishi kerak.
«Aytgancha, 2 foiz (YaIMning ikki foizi) juda kam. Men kelgan vaqtimda ba'zi davlatlar umuman pul to‘lamasdi, hozir ular to‘lay boshlashdi. Ular «Agar to‘lamasak, chiqib ketasizmi?» qabilida gapirishdi. «Ha, chiqib ketaman», dedim. Shunaqa demasangiz, ular to‘lamaydi ham», degan Tramp.
«NATOdan chiqib ketishni istaysizmi?», degan savolga AQSh prezidenti shunday javob berdi: «Yo‘q, chiqib ketishni xohlamayman, shunchaki qolganlar ham ko‘proq pul to‘lasa deyman», degan Donald Tramp.
Mavzuga oid
13:13 / 16.01.2026
Germaniya NATOning keng ko‘lamli mashqlarini qabul qilmoqda
22:18 / 15.01.2026
Grenlandiyaga yevropalik harbiylar kela boshladi
22:42 / 14.01.2026
Muzliklar uzra katta raqobat: Grenlandiya AQShga nega kerak?
13:10 / 13.01.2026