Minglab bolgariyaliklar hukumat iste'fosini talab qilmoqda
Bolgariya parlamentidagi muxolifatchi sotsialistlar bosh vazir Boyko Borisovga ishonchsizlik bildirish to‘g‘risida ovoz berish tashabbusi bilan chiqdi. Ovoz berish 15 iyul kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Bolgariyada bir necha kundan buyon hukumatga qarshi namoyishlar to‘xtamayapti. 12 iyul kuni Sofiya va boshqa shaharlarda minglab kishilar namoyishga chiqdi. Namoyishchilar "Mafiya" va "Iste'fo" deb qichqirishdi.
Shu bilan birga, Bolgariya parlamentidagi muxolifatchi sotsialistlar bosh vazir Boyko Borisovga ishonchsizlik bildirish to‘g‘risida ovoz berish tashabbusi bilan chiqdi. Ovoz berish 15 iyul kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Namoyishlar 9 iyulda, prezident ma'muriyatida tintuvlar o‘tkazilganidan keyin boshlandi.
Avvalroq Bolgariya prezidenti Rumen Radev millatga murojaati chog‘ida hukumat va mamlakat bosh prokurorini iste'foga chiqishga chaqirdi.
Bolgariya prezidenti va bosh vaziri o‘rtasida mojaro joriy yil boshida boshlangan. O‘shanda prezident hukumat ishonchni yo‘qotganini, chunki fuqarolar manfaati yo‘lida harakat qilmayotgani va davlatni inqirozga boshlayotganini aytgan.
Mavzuga oid
12:50 / 28.10.2024
Bolgariya parlamentiga saylovlarda FBeT - DKI bloki yetakchilik qilyapti
00:21 / 10.09.2024
Bolgariya hududiy suvlarida 13 ta davlat ishtirokida harbiy o‘quvlar o‘tkaziladi
12:16 / 10.06.2024
Bolgariya parlamentiga saylovlarda g‘arbparast blok g‘alaba qozondi
12:10 / 02.03.2024