Jahon | 21:28 / 13.07.2020
6497
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy 4 nafar amerikalik amaldorga nisbatan sanksiyalar kiritdi 

Rasmiy Pekin 4 nafar amerikalik amaldorga qarshi sanksiyalar kiritdi. Bu AQSh tomonidan Xitoyning sobiq va amaldagi amaldorlariga sanksiyalar kiritilishiga javob bo‘ldi.

Avvalroq Vashington o‘z qarorini sanksiyalar ostiga tushgan odamlarning uyg‘urlarni tahqirlashga aloqadorligi bilan tushuntirgan.

“AQShning xatti-harakatlari Xitoyning ichki ishlariga qo‘pol aralashuv hisoblanadi, u xalqaro munosabatlar me'yorlarini jiddiy buzadi va Xitoy-AQSh munosabatlariga ziyon yetkazadi”, deb aytgan brifingda Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Xua Chunin.        

Xitoy sanksiyalari ostiga AQShning xalqaro diniy erkinlik masalalari bo‘yicha elchisi Sem Braunbek, senatorlar Marko Rubio va Ted Kruz hamda kongressmen Kris Smit tushgan. 

AQSh esa Xitoyning Sinszyan-Uyg‘ur muxtor viloyati amaldorlari – partiya qo‘mitasi kotibi Chen Tsyuango, partiya qo‘mitasi rahbarining sobiq o‘rinbosari Chju Xaylun, jamoat xavfsizligi boshqarmasi rahbari Van Minshan va ushbu boshqarma partiya qo‘mitasining sobiq kotibi Xo Lyutszyunga qarshi sanksiyalar kiritgan.

Iyun oyida AQSh prezidenti Donald Tramp Vashingtonning fikricha uyg‘urlarning huquqlarini cheklashga aloqador bo‘lgan xitoylik amaldorlarga qarshi sanksiyalar kiritishga imkon beruvchi qonun loyihasini imzolagan.

Mavzuga oid