Al-Qudsda namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi
Al-Qudsda Isroil hukumati koronavirus tarqalishiga qarshi kiritgan karantin choralariga qarshi 4 kundan beri norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tmoqda. Mahalliy telekanallar bosh vazir qarorgohi yonida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berganini ma'lum qilgan.
Namoyishchilar bosh vazir Binyamin Netanyaxu boshchiligidagi hukumatning iste'fosini talab qilmoqda. Avvalroq hukumatning pandemiya vaqtidagi harakatlariga qarshi Tel-Aviv aholisi ham qarshi chiqqan.
תיעוד | אלימות במחאה מול מעון רה״מ בבלפור: המפגינים מנסים לפרוץ מחסומים @Yossi_eli pic.twitter.com/Qbm3DbVmdD
— חדשות 13 (@newsisrael13) July 14, 2020
Isroilda koronavirusga chalinish sonlari ortib bormoqda. Kunlik kasallanish holatlari bir hafta ichida 2 marta ko‘paygan. Iyul boshida Isroil hukumati koronavirusga qarshi choralar kuchaytirilishini e'lon qilgandi. Jumladan, barlar va klublar, sport zallari va suv havzalari yopilgan, tashkilotlar o‘z ishchilarini masofadan ishlashga o‘tkaza boshlagan, restoranlar va diniy muassasalarga tashrif buyuruvchilar soni cheklangan.