Jamiyat | 12:00 / 15.07.2020
9417
5 daqiqa o‘qiladi

«Jizzaxdonmahsulotlari» AJ: Xalq dasturxonini to‘kin qilish yo‘lida

«Xalqimiz dasturxoni qanchalik to‘kin bo‘lsa biz shuncha baxtiyormiz», deyishmoqda «Jizzaxdonmahsulotlari» AJda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar.

Mamlakatimizda yetishtiriladigan millionlab tonna hosilning salmoqli qismini Jizzax viloyati g‘allakorlari yetishtirib berishadi. Ayni kunlarda yetishtirilgan g‘alla hosilini qabul qilish, quritish va saqlash ishlarida viloyatdagi eng yirik «Jizzaxdonmahsulotlari» AJ korxonasining hissasi katta.

«Jizzaxdonmahsulotlari» AJ korxonasi 1970 yilda ishga tushirilgan. Ushbu korxonaning g‘alla saqlovchi elevatori 54 ming va maxsus omborlari bilan 128 ming tonna g‘allani saqlash imkoniyatiga ega. Korxona tegirmoni sutkasiga 150 tonna g‘allani sifatli qayta ishlash quvvatiga ega va u 2008 yilda Turkiyaning «Degsan» firmasi uskunalari bilan qayta jihozlangan.

Korxonadagi omixta yem ishlab chiqaruvchi sex 1973 yilda ishga tushirilgan va u sutkasiga 150 tonna omixta yem ishlab chiqarish quvvatiga ega.

«O‘zdonmahsulot» AK zamon bilan hamnafas odimlash uchun aniq rejalar asosida o‘z tarkibidagi korxonalardagi uskunalarni bosqichma-bosqich zamonaviy uskunalarga almashtirib bormoqda.

Rejaga ko‘ra, joriy 2020 yilning 3-4 choragida, Turkiyaning Ortas firmasi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq «Jizzaxdonmahsulotlari» AJ korxonasi tarkibidagi tegirmon sexini sutkasiga 250 tonna un, omixta yem sexini sutkasiga 100 tonna granulalangan omixta yem ishlab chiqarish quvvatiga yetkazish imkoniyatini beradigan yangi uskunalar o‘rnatiladi.

«Jizzaxdonmahsulotlari» AJ korxonasiga tegishli urug‘chilik sexi 2011 yilda qurilgan bo‘lib, unga Germaniyaning «Petkus» kompaniyasining uskunalari o‘rnatilgan bo‘lib, u sutkasiga 150 tonna urug‘lik ishlab chiqarish quvvatiga ega.

«Jizzaxdonmahsulotlari» AJ korxonasi Jizzax viloyatidagi yettita, Baxmal, G‘allaorol, Paxtakor, Zafarobod, Sharof Rashidov, Jizzax va Forish tumanlari g‘allakorlariga xizmat ko‘rsatadi.

2020 yil G‘alla qabul qilish mavsumida «Jizzaxdonmahsulotlari» AJ va unga qarashli don qabul qilish shoxobchalariga jami 131.755 tn tovar don va urug‘lik g‘alla qabul qilindi.

— Bu yil g‘alla hosili juda yaxshi bo‘ldi. O‘rim boshlanganidan so‘ng «Jizzaxdonmahsulotlari» AJ tarkibidagi g‘alla qabul qilish shoxobchalarimiz bilan birga Jizzax shahrida joylashgan asosiy korxonamiz ham o‘rilgan g‘allani peshma-pesh qabul qilishdi. G‘alla o‘rim mavsumida ham, hozir ham korxonamizga kirib kelayotgan har bir haydovchi, uni kuzatib kelayotgan shaxslar, korxona ishchilari kirish joyida tana harorati o‘lchanib, antiseptik vositalar bilan dezinfeksiya qilinib, ichkariga kiritilmoqda.

Oxirgi yillarda don yanchish korxonalariga juda katta e'tibor berilmoqda. Ana shu e'tibor tufayli biz ham korxonamiz ishchi-xizmatchilariga yaxshi maosh to‘layapmiz. Bndan tashqari, ularga har kuni korxona hisobidan tushlik tashkillashtirib berayapmiz. G‘alla o‘rimi mavsumida esa mehnatkashlar uch mahal issiq ovqat bilan ta'minlangan.

Bundan tashqari g‘alla olib tashigan haydovchilarga qulaylik yaratish maqsadida korxona tarozisiga kirish joyida bepul choy, qahva va turli shirinliklar va pishiriqlar tayyorlab qo‘yildi. Charchab kelgan haydovchilar shu yerda hordiq chiqarib, korxonamiz hisobidan yengil tamaddi qilib olishadi, deydi «Jizzaxdonmahsulotlari» AJ ishlab chiqarish bo‘yicha direktori Abdulla Xolmatov.

Korxonada xavfsizlik texnikasi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga katta e'tibor beriladi.

Shuningdek, korxona binolari atrofidagi joylarda chiroyli manzarali daraxtlar va gullar o‘tqazilib, obod qilingan. Korxona uzoqdan kelib ishlovchi ishchi va xizmatchilar uchun yotoq joylari ham tashkil etgan.

Bugun korxona omborlari qoplangan unga to‘la. Xalqimiz dasturxoni to‘kin bo‘lishi uchun bu yerda belgilangan reja asosida un chiqarish ishlari to‘xtovsiz davom etmoqda.

«Jizzaxdonmahsulotlari» AJ

Mavzuga oid