Jahon | 21:15 / 17.07.2020
22858
1 daqiqa o‘qiladi

Shifokor koronavirusga qarshi vaksina qanday bemorlarga to‘g‘ri kelmasligini aytdi

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, har qanday vaksinatsiya immun tizimi uchun stress bo‘lib, u surunkali kasallikni kuchaytirishi mumkin.

Foto: Reuters

COVID-19ga qarshi vaksina immun tizimining og‘ir surunkali kasalligiga duchor bo‘lgan bemorlardan tashqari, barchaga to‘g‘ri keladi. Bu haqda Rossiya epidemiologiya va mikrobiologiya markazi direktori Aleksandr Ginzburg ma'lum qildi.

"Vaksina barchaga to‘g‘ri keladi. Yagona istisno - immun tizimining og‘ir surunkali kasalligiga duchor bo‘lgan bemorlar", - dedi Ginzburg. 

Uning aniqlik kiritishicha, har qanday vaksinatsiya immun tizimi uchun stress bo‘lib, u surunkali kasallikni kuchaytirishi mumkin.

Bunday bemorlar emlashdan oldin immunolog shifokor bilan maslahatlashishi kerak, deb qo‘shib qo‘ydi Ginzburg.

Ayni vaqtda dunyoning bir nechta mamlakatlarida koronavirusga qarshi vaksina yaratish ustida ishlar olib borilmoqda.

Mavzuga oid