Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Klinton va kichik Bushning Oq uy foyesidagi portretlari olib tashlandi
Bu portretlar o‘rniga respublikachi prezidentlar - Uilyam Makkinli va Teodor Ruzvelt portretlari joylashtirilgan.
Foto: People.com
Oq uy foyesidan AQShning 42-prezidenti Bill Klinton va 43-prezident kichik Jorj Bushning portretlari olib tashlandi. CNN telekompaniyasining xabar berishicha, ular kamdan-kam foydalaniladigan sobiq oshxonaga ilib qo‘yilgan.
Bu portretlar o‘rniga respublikachi prezidentlar — Uilyam Makkinli va Teodor Ruzvelt portretlari joylashtirilgan. Telekompaniyaning taxminiga ko‘ra, portretlar Oq uyning hozirgi egasi iltimosi bilan olib tashlangan. Bu taxminga sobiq maslahatchi Jon Boltonning xotiralari asos bo‘lgan. U yaqinda chop etilgan kitobida Donald Tramp Klintonni «yomon prezident», kichik Bushni esa «ahmoq» deb ataganini yozgan.
An'anaga ko‘ra, zina yuqorisidagi foyeda avvalgi davlat rahbarlarining portretlari ilinib turishi lozim. Amaldagi prezident mehmonlarni qabul qilish uchun zinadan tushayotganida o‘zidan oldin rahbarlik qilganlarga ko‘zi tushishi darkor.
Tramp Oq uydagi bu qoidani avvalroq buzib bo‘lgan. Mamlakatning 44-prezidenti Barak Obamaning portreti foyega umuman ilinmagan.
Mavzuga oid
13:42 / 10.03.2026
Eronga AQSh maxsus kuchlari yuborilishi haqidagi xabarlar inkor etildi
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
09:09 / 16.01.2026
“Eronda 800 ta qatl to‘xtatildi”: Oq uy Trampning bayonotini izohladi
16:06 / 01.12.2025