Nyu-Yorkdagi mehmonxona egasi pandemiya davrida biznesni qutqarish yo‘lini topdi
Nyu-Yorkning The Wythe Hotel mehmonxonasi xo‘jayini koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatda o‘z biznesini qutqarib qolish imkoniyatini izlab topdi.
Pandemiya avjiga chiqqan paytda mehmonxonaga mahalliy shifokorlar va hamshiralar joylashtirilgan edi. Ammo bemorlar soni kamaygandan keyin, mehmonxona yana bo‘shab qoldi. Endi uning xo‘jayini Piter Lourens xonalarni shaxsiy kabinet sifatida ijaraga bermoqda, deb yozadi Fast Company.
The Wythe Hotel binosining 1-qavatida Industrious kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan 13ta alohida ofis joylashtirildi. Karavotsiz, ammo mebelli xonalar 4 kishilik ofisga aylantirilib, kuniga 200 dollarga ijaraga berilmoqda. Har bir xonaning panorama oynalari va o‘z terrasasi bor. Mehmonlar ovqat va ichimliklarni buyurtma berishi, shuningdek, xonaga iti bilan kirishi mumkin.
Lourens mehmonlar nafaqat ish kabineti, balki butik-mehmonxona taklif qilayotgan boshqa qulayliklardan ham bahramand bo‘lishi haqida gapirdi.
«Soat 6da ular ajoyib bog‘imizda o‘tirib, kokteyl ichishlari, ustritsa yoki boshqa ovqatlarni yeb, ish kunini yakunlashi mumkin», — dedi u.
The Wythe Hotel uchun bu vaqtinchalik eksperiment. Uning qayta jihozlangan xonalari avgust oyi oxiriga qadar taklif qilinadi. Ammo Industrious kompaniyasi rahbari Jyeymi Xodari mehmonxonalardagi ofislar pandemiyadan keyin ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydi, deb hisoblamoqda.
«Menimcha bu juda jiddiy o‘zgarish. Uning natijasida odamlar istalgan masofadan turib ishlashi mumkin», dedi u.
Mavzuga oid
00:47 / 21.09.2023
Shavkat Mirziyoyevning Nyu-Yorkka tashrifi yakunlandi
10:57 / 08.09.2023
Nyu-York meri noqonuniy muhojirlar oqimi shaharni vayron qilishi mumkinligini aytdi
10:56 / 10.06.2023
Nyu-Yorkda tutunli havo yana bir necha kunga saqlanib qoladi
22:30 / 08.06.2023