Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samolyotda koronavirus yuqtirish ehtimoli qay darajada ekanligi baholandi
Samolyotga chiqish va tushish vaqti yo‘lovchilar uchun eng xavfli onlar deb baholandi: odamlar eshiklar oldida to‘planadi, qo‘l yuklarini topshiradi va oladi.
Nemis tadqiqotchilari samolyotda parvoz qilish vaqtida koronavirus yuqtirish ehtimolini baholashdi. Kasallik yuqtirish darajasi avval o‘ylanganidan ko‘ra ancha past bo‘lib chiqdi, deb yozadi Express.
Samolyotga chiqish va tushish vaqti yo‘lovchilar uchun eng xavfli onlar deb baholandi: odamlar eshiklar oldida to‘planadi, qo‘l yuklarini topshiradi va oladi.
Parvoz vaqtida salondagi havodan zararlanish nisbatan past bo‘lishi aytilmoqda. Tadqiqotda ko‘rsatilishicha, samolyot bortidagi havo har uch daqiqada to‘liq yangilanib turiladi. Konditsioner o‘rnatilgan xonada esa bu vaqt 12 daqiqani tashkil etadi.
Avvalroq germaniyalik olimlar koronavirusning 8 metrdan ortiq masofaga tarqalishi mumkinligini aniqlashgandi.
Mavzuga oid
13:40 / 28.11.2025
Samolyot eng ishonchli transport vositasi bo‘lmay qoldimi?
22:13 / 19.12.2023
Samolyot parvozi paytida qanday kasalliklar kuchayishi mumkinligi aytildi
17:49 / 14.08.2023
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi sut sotuvi boshlandi
11:34 / 04.06.2023