Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuchli yog‘ingarchilik Tojikiston shimolidagi ikkita tumanga jiddiy zarar yetkazdi
25-26 iyul kunlarida yog‘ib o‘tgan kuchli yomg‘ir Tojikiston shimolidagi So‘g‘d viloyatining ikkita tumaniga jiddiy zarar yetkazgan.
Foto: Tojikiston favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi
Sharros quygan yomg‘irdan so‘ng paydo bo‘lgan suv toshqinlari oqibatida Devashtich va Ayniy tumanlaridagi ekin maydonlari, yo‘llar, ko‘priklar hamda aholi turar joylarini suv bosgan.
Jumladan, 25 iyul kuni kechki payt yoqqan kuchli yomg‘irdan so‘ng sodir bo‘lgan suv toshqinlari Devashtich tumanidagi Uguk va Ovchi qishloqlaridagi 16 gektar yer maydonidagi ekinlarni suv bosishiga sabab bo‘lgan, beshta ko‘prikni, besh kilometrlik magistral yo‘llarni, 14 kilometrga yaqin sug‘orish tarmoqlarini vayron qilgan. Shuningdek, mazkur qishloqlarda mahalliy aholining uy-joylariga jiddiy zarar yetgan.
26 iyul kuni Ayniy tumanida sodir bo‘lgan suv toshqini esa So‘g‘d viloyatini poytaxt Dushanbe shahri bilan bog‘laydigan asosiy yo‘lga zarar yetkazib, yo‘l yopilib qolgan. Yo‘lsozlarning bir soatlik urinishlaridan so‘ng Xo‘jand-Dushanbe magistral yo‘lidagi toshqin zararlari bartaraf etilgan va yo‘l qatnov uchun ochilgan.
Mavzuga oid
18:16 / 05.02.2026
Tojikiston aholisi uchun Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti ishga tushirildi
18:01 / 04.02.2026
Rog‘un GES Amudaryo ekotizimlari tanazzulini yuz yilga uzaytiradi – ekologlar
12:20 / 02.02.2026
Jibek Joly turistik poyezdi Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikistonni yagona yo‘nalishda bog‘laydi
14:37 / 25.01.2026