Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon turizmining koronavirus pandemiyasidan ko‘radigan zarari hisoblab chiqildi
Jahon turizm tarmog‘i 2020 yilda koronavirus pandemiyasidan 320 mlrd dollar zarar ko‘rishi mumkin. Bu haqda BMTning Jahon turizm tashkiloti (UNWTO) xabar qildi.
Tashkilotda ma'lum qilinishicha, 2020 yil may oyida boshqa davlatlarga sayohat qiluvchilar soni 2019 yilning shu oyiga nisbatan 98 foizga kamayib ketgan. 2020 yilning dastlabki 5 oyi bo‘yicha esa bu ko‘rsatkich 56 foizga tushib ketgan va bu jahon turizmining 320 mlrd dollar yo‘qotishiga olib kelgan. Ta'kidlanishicha, ushbu qiymat 2009 yildagi iqtisodiy inqiroz vaqtida ko‘rilgan zarardan 3 martadan ko‘proqni tashkil qiladi.
“Ushbu oxirgi ma'lumotlar turizm uchun xavfsiz vaziyat yuzaga kelishi bilan uni tiklashning muhimligini yaqqol ko‘rsatmoqda. Xalqaro turizm darajasining keskin pasayishi millionlab odamlarning yashash uchun vositalardan mahrum bo‘lishi bilan xavf soladi”, deb ta'kidlab o‘tilgan Jahon turizm tashkiloti bosh kotibi Zurab Pololikashvili xabarida.
Ma'lum qilinishicha, ayni vaqtda xalqaro sayyohlik safarlarining sekin-asta tiklanishi alomatlari kuzatilmoqda. Bu holat 1 iyuldan Yevropa ittifoqi shengen hududi chegaralari ochilgandan keyin sayyoraning shimoliy yarimsharida yaqqol sezilmoqda. Shu bilan birga tashkilotda turizm tarmog‘ining 2021 yil ikkinchi yarmiga kelibgina to‘liq tiklanishi kutilmoqda.
UNWTO mutaxassislari xalqaro turizmning tiklanishiga salbiy ta'sir ko‘rsatayotgan bir qator omillarni ko‘rsatib o‘tishgan. Bu omillar orasida ko‘plab davlatlarda safarlarga cheklovlar joriy qilingani, chegaralar yopilgani, safarlarda koronavirusga chalinish mumkinligi, pandemiyaning ehtimoliy ikkinchi to‘lqini va chegaralarning qaytadan yopilishi kabilar bor. Shuningdek, aholining koronavirus bo‘yicha ishonchli ma'lumot yo‘qligidan xavotirlanishi va umumiy iqtisodiy vaziyatning yomonlashuvi ham safarlar amalga oshirishga to‘sqinlik qilmoqda.
Mavzuga oid
12:02
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
11:00 / 12.06.2026
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026