Jamiyat | 16:21 / 30.07.2020
7245
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrida isitma bilan murojaatlar ko‘rsatkichi kamaygani aytildi

So‘nggi ikki sutka ichida – 28-29 iyul kunlari Toshkent shahrida «Tez yordam» xizmatiga tana harorati ko‘tarilishidan qilinayotgan shikoyatlar kamaygan. Bu haqida Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Feruza Hamroboyeva AOKAdagi brifingda ma'lum qildi.

Hamroboyevaning so‘zlariga ko‘ra, isitma bilan bog‘liq murojaatlar hajmi 1,2 baravarga qisqargan.

Mutaxassis aholini isitma, holsizlik kabi simptomlar kuzatilganda vahimaga berilmaslikka, bu belgilar mavsumiy shamollash yoki gripp bo‘lishi ham mumkinligini nazardan qochirmaslikka chaqirdi.

«Tana haroratining ko‘tarilishi, holsizlik kabi holatlar kuzatilganda bu mavsumiy shamollashmi yoki Covid-19 ekanligini kasallikning kechish muddatidan kelib chiqib aniqlash mumkin.

Agar bu mavsumiy shamollash belgilari bo‘lsa, kasallikning uchinchi kunidan boshlab bemorning ahvolida ijobiy o‘zgarishlar kuzatiladi. Aksincha, kasallikning 4-5 kunlaridan boshlab simptomlar kuchaya boshlasa, demak, tashxis Covid-19», deya Hamroboyevaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzuga oid