Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Bayrutdagi portlash oqibatlari
Livan poytaxti Bayrut shahrining port joylashgan hududida kuchli portlash ro‘y berishi oqibatida yuzlab kishilar jabrlandi. Sog‘liqni saqlash vaziri Hamad Hassan mahalliy televideniye efirida portlash kuchi shaharning katta qismidagi binolarga ta'sir ko‘rsatgani, «juda ko‘p odam jarohatlangani» haqida gapirgan. Reuters manbasi ma'lumotiga ko‘ra, kamida 10 kishi portlash qurboni bo‘lgan.
Bayrut gubernatori Marvon Abbud hodisani mislsiz deb atadi va uni Xirosima va Nagasakidagi portlashlar bilan qiyosladi. Ma'lum qilinishicha, shaharning yarmi portlashdan jabr ko‘rgan.
Dastlabki xabarlarda portlash pirotexnika vositalari saqlanadigan omborda ro‘y bergani, Isroil armiyasi aviazarba bergani, shuningdek, portlovchi moddalar tashiyotgan kema portlab ketgani haqida taxminlar bildirilgandi. Keyinroq hukumat bu versiyalarni rad etdi.
Isroil hukumati bu portlashlarga aloqador emasligini ma'lum qildi, buni «Hizbulloh» tasdiqladi.
Mamlakat bosh vaziri 5 avgustni motam kuni deb e'lon qildi.















Mavzuga oid
09:20 / 08.06.2026
Eron va Isroil zarbalar almashdi
14:11 / 04.06.2026
“Tramp va Netanyahu janjali doka ro‘mol qurishidek gap” – siyosatshunos
08:21 / 04.06.2026
AQSh: Isroil va Livan o‘t ochishni to‘xtatishga kelishdi
17:02 / 03.06.2026