«Avto 60 oy» ishi bo‘yicha sud jarayonlari boshlandi
«Avto 60 oy» MChJ mansabdor shaxslari qisqa vaqt ichida 19,3 ming nafar fuqarolarning jami 54,3 mlrd so‘m miqdordagi pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganlikda ayblanmoqda.

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tomonidan «Avto 60 oy» MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan olib borilgan tergov harakatlari yakuniga yetkazilib, jinoyat ishi sudga yuborilgan.
Kun.uz olgan ma'lumotga ko‘ra, ish yuzasidan sud tergovi harakatlari jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi tomonidan, sudya D.Valiyev raisligida olib borilmoqda.
Jamiyat mansabdor shaxslari soxta tadbirkorlik, pul mablag‘larini noqonuniy jalb etish, firibgarlik va boshqa jinoyatlarda ayblanmoqda.
Jabrlanuvchilar sonining ko‘pligini inobatga olib, ish tafsilotlaridan xabardor qilib borish maqsadida JIB Chilonzor tuman sudi tomonidan maxsus @jibChilonzorsudi telegram kanali tashkil qilingan. Jinoyat ishining barcha jabrlanuvchilaridan mazkur telegram kanaliga obuna bo‘lishi so‘ralmoqda.
Toshkent shahrida yashovchi jabrlanuvchilardan 6 avgustdan boshlab, haftaning dushanba kunidan shanba kuniga qadar soat 10:00dan 17:00gacha tuman sudi binosiga kelishlari so‘ralmoqda. Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Sharq tongi ko‘chasi, 1a-uy. Mo‘ljal - Hlebushkina nomidagi bolalar uyi.
Tergov materiallariga ko‘ra, «Avto 60 oy» MChJ vakillari fuqarolarga UzAuto Motors avtomobillarini dastlabki to‘lov va foizlarsiz bo‘lib to‘lashga sotib olishni taklif qilib, 19,3 ming mijoz bilan shartnoma tuzib, ularning 54,3 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘larini jalb qilgan. Yetkazilgan moddiy zararning 36,8 mlrd so‘mi tergov davomida qoplangan.
Tavsiya etamiz
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Yevropa va Osiyoning o‘rtasidamiz” – Gruziya parlamentining antig‘arbona qarashlarga ega raisi
Jahon | 21:42
-
Reuters: Trampni tanqid qilayotgan davlat xizmatchilarini kuzatishda sun’iy intellektdan foydalanilmoqda
Jahon | 21:36
-
Olimlar ifloslangan havo keksalar miyasiga zarar yetkazishini aniqladi
Jahon | 21:26
-
Pentagon AQShning NATO harbiy qo‘mitasidagi vakilini lavozimdan bo‘shatdi
Jahon | 21:02
Mavzuga oid

10:51 / 11.02.2025
150 ming kishini chuv tushirgan bank – Rossiyadagi shov-shuvli moliyaviy piramida tarixi

18:05 / 05.02.2025
Turkiyada eng yirik moliyaviy piramidani tashkil qilgan aka-ukalar 45 ming yilga qamaldi

18:57 / 06.01.2025
Tarmoqlarda yangi firibgarlar: faollashayotgan tredingchilar, 2 kunga “prava” va Masdar niqobidagi moliyaviy piramida

21:14 / 22.10.2024