Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistonda namoyish vaqtidagi hujum oqibatida 39 kishi jarohat oldi
Pokistonning Karachi shahrida “Jamoat ulamo-a-Islomiy” muxolif partiyasi tashkillashtirgan namoyishda granata portlatilishi oqibatida kamida 39 kishi jarohat oldi. Bu haqda Dawn mahalliy nashri ma'lum qildi.
Namoyish Hindiston tomonidan Jammu va Kashmir shtatining alohida maqomi bekor qilinishining bir yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan. Bu shtatga Pokiston da'vogarlik qiladi.
Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, granatani namoyishchilarga mototsiklda o‘tib ketayotgan ikki kishi uloqtirgan. Ta'kidlanishicha, jabrlanuvchilardan aksariyati yengil jarohat olgan, bir kishining ahvoli og‘ir.
Barcha jarohatlanganlar yaqin oradagi shifoxonalarga yetkazilgan, voqea tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.
Hujum uchun javobgarlikni Pokistonda taqiqlangan “Sindxudesh inqilobiy armiyasi” ayirmachilari o‘z zimmasiga olgan.
5 avgustda Hindiston Jammu va Kashmir shtatini tugatib, uning o‘rnida shtatdan ko‘ra kamroq huquqlarga ega ikkita ittifoqdosh hudud tashkil etishga qaror qilgan. Pokiston bu qarorni qoralab, Hindiston bilan diplomatik aloqalar darajasini pasaytirgan va qo‘shni davlat elchisini mamlakatdan chiqarib yuborgan.
Mavzuga oid
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
12:24 / 10.06.2026
Balashixada yana bir general o‘ldirildi
09:11 / 10.06.2026