Jahon | 21:04 / 07.08.2020
12840
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda bortida 191 kishi bo‘lgan samolyot halokatga uchradi

Samolyot qo‘nish chog‘ida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketgani aytilmoqda.

Hindistonda Air India aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda The Daily Mirror xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, voqea mahalliy vaqt bilan 19:45da (Toshkent vaqti bilan 20:15da) yuz bergan. Halokatga uchragan samolyot bortida 191 kishi bo‘lgan.  

Qayd etilishicha, samolyot Dubay — Kojikode (Kerala shtatidagi shahar) yo‘nalishida parvoz qilayotgan bo‘lgan.

Samolyot qo‘nish chog‘ida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketgani aytilmoqda. Jabrlanganlar va halok bo‘lganlar haqida hozircha ma'lumot berilmadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid