Jahon | 19:22 / 07.08.2020
2089
1 daqiqa o‘qiladi

Hongkong aholisi koronavirusga testdan bepul o‘tkaziladi

 Hongkongda koronavirus tarqalishi qaytadan avj olgan bo‘lib, sutkasiga 100ga yaqin holat aniqlanmoqda.

 Hongkong ma'muriyati rahbari Kerri Lem ikki hafta ichida shaharning barcha aholisi uchun koronavirusga bepul test yo‘lga qo‘yilishini va'da qildi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.

 Lemning qayd etishicha, test o‘tkazish simptomsiz kechayotgan koronavirus holatlarini aniqlashga va kasallikning hongkongliklar orasida tarqalishini sekinlashtirishga yordam beradi.

 U shuningdek, tekshiruvlar barcha sanitariya talablariga rioya qilgan holda o‘tkazilishini, hukumat navbatlar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilayotganini aytdi.

Hongkongda 7,5 mln kishi yashaydi. Shaharda koronavirus tarqalishi qaytadan avj olgan bo‘lib, sutkasiga 100ga yaqin holat aniqlanmoqda.

 Pandemiya boshlanganidan buyon Hongkongda 3,8 mingta kasallik yuqtirish holati aniqlangan, 46 kishi vafot etgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid