Jahon | 13:20 / 07.08.2020
3732
1 daqiqa o‘qiladi

Mavritaniyada kema cho‘kishi oqibatida 40 kishidan bir kishigina omon qoldi

Mavritaniya sohillari yaqinida bortida noqonuniy muhojirlar bo‘lgan kema cho‘kishi oqibatida 40 kishidan bir kishigina omon qoldi. Bu haqda BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi maxsus vakili Vensan Koshetel ma'lum qildi. 

Foto: Global Look Press/Keystone Press Agency/Ritesh Shukla

“Mavritaniyadagi Nuadibu shahri yaqinida navbatdagi kema cho‘kishi. Kema bortida 40 ga yaqin odam bo‘lgan, bir kishi omon qolgan”, deb ma'lum qilgan Koshetel.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, halokatda omon qolgan inson Gvineya fuqarosi hisoblanadi. 

Taxmin qilinishicha, kema Yevropa davlatlaridan biriga yo‘nalayotgan bo‘lgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid