Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasini tanqid qildi
11 avgust kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin dunyodagi ilk vaksina davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganini e'lon qildi.
Photo: REUTERS / Dado Ruvic
Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi Amerika ishlanmalaridan ortda va juda kam sinovlardan o‘tgan. Bu haqda AQSh prezidentining yordamchisi Kellian Konuey Fox News telekanali efirida aytdi.
U Rossiya standartlarini tanqid qildi.
«Bizda oltita vaksina uchinchi bosqichda, ular esa hali bungacha yetib borishmadi», — dedi Konuey.
AQSh prezidenti Donald Tramp 3 noyabrda bo‘lib o‘tadigan saylovlarga qadar koronavirusga qarshi vaksina paydo bo‘lishi haqida aytgandi.
11 avgust kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin dunyodagi ilk vaksina davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganini e'lon qildi. U vaksina barcha tekshiruvlardan o‘tganini aytdi. Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko preparat xavfsiz va yuqori samaradorlikka ega ekanligini bildirdi.
G‘arb farmatsevtika kompaniyalari vaksinaning sifati hali noma'lum ekanligini aytib, uni ro‘yxatga olishni ortga surishga chaqirgandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi bunga javoban vaksina xalqaro standartlar asosida sinovdan o‘tkazilganini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
13:28 / 10.02.2026
SSV «koronavirusga qarshi vaksina olganlar hayoti xavf ostidaligi» haqidagi xabarga munosabat bildirdi
23:53 / 31.01.2026
Olimlar Nipah virusiga qarshi vaksina ishlab chiqishdi
18:06 / 29.01.2026
JSST O‘zbekistonni qizamiqdan xoli mamlakat maqomidan mahrum qildi
15:47 / 06.08.2025