Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyaga kirishning yangi qoidalari o‘rnatildi
Turkiya hukumati mamlakatga kirish uchun bir qator yangi qoidalar o‘rnatdi. Ma'lum qilinishicha, sayyohlar Turkiyaga parvoz vaqtida anketa to‘ldirib, unda Turkiyada qoladigan joylari manzilini va o‘zlarining kontakt ma'lumotlarini ko‘rsatishlari lozim.
Foto: Getty Images
Bu ma'lumotlar keyinchalik agar reysda koronavirusga chalinganlar aniqlansa, ular yonida uchganlarni topish uchun ichki ishlar vazirligi ma'lumotlar bazasiga kiritiladi.
Shuningdek, turk tomoni talabi bilan Turkiyaga uchadigan reyslarda qo‘l yuki uchun cheklovlar kiritilgan. ATOR ma'lumotlariga ko‘ra, samolyotlarga faqat ayollar sumkalari, erkaklar portfellari, noutbuk uchun g‘iloflar, bolalar sumkalari, ichida Duty Free’dan xarid qilingan tovarlar bo‘lgan paketlarni olib o‘tish mumkin. Parvoz vaqtida yo‘lovchilar niqoblarda bo‘lishlari lozim. Shu sababli aviakompaniyalar parvoz vaqtida yo‘lovchilarga taom tortishdan voz kechishlariga to‘g‘ri kelgan.
Sayyohlar Turkiyaga kelgach, ularning tana harorati o‘lchanadi. Harorati 37,8 darajadan yuqori bo‘lgan yo‘lovchilardan yarim soatdan keyin yana haroratini o‘lchatish va shifokor ko‘rigidan o‘tish so‘raladi. Agar harorat o‘zgarishsiz qolsa, sayyohdan koronavirusga bepul test (PRs) olinadi. Agar tahlil natijasi manfiy chiqsa, ya'ni sayyohda koronavirus aniqlanmasa, u gid hamrohligida aeroportni bemalol tark eta oladi.
Mavzuga oid
22:17 / 17.12.2025
O‘zbekiston dunyoda sayyohlar oqimi eng tez o‘sayotgan mamlakatlar qatoriga kirdi
10:47 / 17.10.2025
Toshkentda sayyohlar eng ko‘p boradigan tumanlar ma’lum bo‘ldi
09:48 / 17.06.2025
Erdo‘g‘an: Qisqa vaqtda hech kim bizga qarshi chiqishga jur’at etolmaydigan darajaga chiqamiz
12:55 / 09.06.2025