Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda 2000 dollar olgan kafedra dotsenti firibgarlik ustida ushlandi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Andijon viloyat boshqarmalari tomonidan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda Andijon davlat tibbiyot instituti kafedra dotsenti G.Q. dastlab fuqaro Sh.B.ni mazkur institutga o‘qishga kiritib qo‘yishga va'da berib 8000 AQSh dollari talab qilgani, biroq hujjat topshirish muddati o‘tganligini ma'lum qilib, Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universitetiga o‘qishga kiritish evaziga talab qilingan pullardan 2 000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan kafedra dotsenti G.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
Mavzuga oid
09:37 / 10.01.2026
Soxta akkaunt bilan pul undirgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
19:16 / 08.01.2026
Uchtepa tumani hokimligi xodimi 3 ming dollar bilan ushlandi
11:15 / 07.01.2026
Ijtimoiy tarmoqlarda “Musodara tovarlar” nomli soxta guruhlar tashkil etib, firibgarlik qilgan shaxslar ushlandi
20:50 / 06.01.2026