O‘zbekiston | 23:55 / 12.08.2020
18735
1 daqiqa o‘qiladi

Chorvoqda cho‘milishga ruxsat berildi

Foto: lookmytrips.com

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi «Chorvoq» suv omborida aholiga cho‘milish va ko‘ngilochar vositalar borasida barcha cheklovlar yechilib, ulardan foydalanishga ruxsat berildi.

Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari – Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov O‘zAga ma'lum qilgan.

Abduhakimovning aytishicha, 12 avgust kuni prezident videoselektorida, karantinni yumshatish choralari doirasida mazkur masala yuzasidan ham topshiriq bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Favqulodda vaziyatlar vazirligi Chorvoqda cho‘milish va barcha turdagi suvda suzish vositalaridan foydalanishni taqiqlashga oid qaror loyihasini muhokamaga chiqargan edi.

Loyiha jamoatchilik e'tiroziga sabab bo‘lgan, unda ilgari surilgan taklif suv omboridagi suvning chiqindilar tashlanishi oqibatida yomonlashayotgani va so‘nggi besh yilda 8 fuqaro cho‘kib vafot etgani bilan izohlangan edi.

Mavzuga oid