Shveytsariya Maktab.uz platformasi uchun grant ajratdi
Shveytsariya O‘zbekistonda maktablarda masofaviy ta'limni rivojlantirishga hissa qo‘shadi.
Shveytsariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markaziga 150 ming AQSh dollari miqdorida grant ajratdi.
Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi xabariga ko‘ra, bu bilan Shveytsariya Innovatsiya markazi tomonidan amalga oshirilayotgan «Maktab ta'limi uchun masofaviy o‘qitishni yo‘lga qo‘yish» loyihasiga hissa qo‘shayotgan mahalliy va xalqaro hamkorlar qatoriga qo‘shildi. Tegishli shartnoma 7 avgust kuni imzolandi.
Loyiha doirasida Maktab.uz onlayn ta'lim platformasi yaratiladi va tegishli darslar bilan to‘ldiriladi, shuningdek o‘qituvchilarni psixologik, kasbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda zarur hollarda kompyuter texnikasi bilan ta'minlash ko‘zda tutilgan.
Qayd etilishicha, loyihani amalga oshirish 2020 yil avgustidan boshlanadi.
Mavzuga oid
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
16:00 / 11.11.2024
Xavotir bilan boshlangan xayrli ish – Farg‘onadagi maktab olma bog‘idan yaxshigina daromad olyapti
18:15 / 28.10.2024
O‘zbekistonning Shveytsariyadagi yangi tayinlangan elchisi ish boshladi
15:42 / 28.10.2024