Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziya koronavirusga qarshi o‘z vaksinasi klinik sinovlarini boshladi
Indoneziya 2021 yil o‘rtalariga kelib koronavirusga qarshi vaksinaning ommaviy ravishda paydo bo‘lishiga umid qilmoqda. Indoneziyalik olimlarning xitoylik hamkasblari bilan birga ishlab chiqqan vaksinasi klinik sinovlari boshlanishi munosabati bilan Indoneziya prezidenti Joko Vidodo shunday bayonot bilan chiqqan.
“Biz o‘z vaksinamiz ustida 3 oydan beri ish olib bormoqdamiz”, deb keltirgan Vidodo so‘zlarini The Jakarta Post nashri. Prezident vaksina imkoni boricha tezroq paydo bo‘lishiga umid bildirgan. Vaksinaning ilk inʼeksiyalarini 20 ko‘ngilli olgan. Sinovlarda hammasi bo‘lib 1,6 mingga yaqin ko‘ngilli, jumladan G‘arbiy Yava provinsiyasi gubernatori Rizvon Komil ishtirok etadi.
Eng optimistik prognozlarga ko‘ra, vaksinaning sinovlari 2021 yilning yanvarigacha davom etadi. Indoneziya o‘z vaksinasidan yiliga 250 mln doza ishlab chiqarishni rejalashtirgan.
Mavzuga oid
18:32 / 08.06.2026
Sun’iy intellekt yaratgan vaksina odamlarda muvaffaqiyatli sinab ko‘rildi
18:24 / 22.05.2026
Ebola yangi shtammiga qarshi vaksina faqat olti-o‘n oydan keyin tayyor bo‘ladi – JSST
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
08:56 / 27.02.2026