Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston madhiyasi muallifi 75 yoshida koronavirusdan vafot etdi
Tojikiston Respublikasi davlat madhiyasi matni muallifi, 75 yoshli Gulnazar Keldi bugun shifxonada vafot etdi, deb yozmoqda Asia-plus mamlakat SSVdagi manbasiga asoslanib.
«Shoirning ahvoli og‘irlashib qolgan edi, u o‘pkaga sun'iy nafas berish apparatiga ulangan edi, lekin vrachlar qanchalik sa'y-harakat qilishmasin, ustozni qutqarib qola olishmadi», degan manba.
Avvalroq Gulnazar Keldi koronavirus infeksiyasi yuqtirganlikda gumonlanib, Dushanbe shahridagi bolalar yuqumli kasalliklar shifxonasiga yotqizilgani, so‘nggi kunlarda o‘pkaga sun'iy nafas berish apparatiga ulangani ma'lum qilingan edi.
Shoirning o‘g‘li otasining janoza marosimi ertaga, 14 avgust kuni bo‘lib o‘tishini ma'lum qilgan.
Xalq shoiri, Tojikiston madhiyasi matni muallifi Gulnazar Keldi oliy ma'naviy qadriyatlar, insonparvarlik, vatanparvarlik, millatga va xalqqa sadoqat kuychasi bo‘lgan yetakchi zamonaviy shoirlardan edi.
Tojikiston madhiyasi musiqasini Sulaymon Yudakov 1946 yilda yozgan. Tojikiston SSR madhiyasining musiqasi o‘shandan buyon o‘zgarmay kelmoqda. Tojikiston madhiyasining yangi matni 1994 yilning 7 sentyabrida tasdiqlangan edi.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
18:02 / 02.06.2026
Tojikistonda O‘zbekistondan keltirilgan havo shari quladi va odamlar jarohat oldi
18:31 / 29.05.2026
Moskva-Dushanbe poyezdi harakati 6 yillik tanaffusdan so‘ng tiklanadi
09:41 / 23.05.2026