Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Eronga qarshi sanksiyani uzaytirmadi
BMT Xavfsizlik Kengashi Eronga qurol sotishga qo‘yilgan embargoni uzaytirish haqidagi AQSh rezolyutsiyasi loyihasini qabul qilmadi.
Rezolyutsiya loyihasini faqat AQSh va Dominikana Respublikasi yoqladi, Rossiya va Xitoy «qarshi» bo‘lishdi. 11ta a'zo mamlakat esa betaraf qolishdi.
Rezolyutsiya loyihasiga ko‘ra, BMT XK 2015 yilda qabul qilingan 2231 rezolyutsiyasining ba'zi talablarini «boshqa qaror qabul qilinmaguncha» o‘z kuchida qoldirishi ko‘zda tutilgan edi. Bu talablarda Eronga harbiy mahsulotlarning, jumladan, tanklar, zirhlangan mashinalar, katta kalibrdagi artilleriya tizimlari, harbiy samolyotlar, vertolyotlar, kemalar, raketa tizimlari va ularning butlovchi qismlarini yetkazib berilishiga cheklov qo‘yilishi va sanksiya ostiga olingan shaxslarni boshqa davlatlar chegarasini kesib o‘tishi taqiqlanishi ko‘zda tutilgan edi.
Rezolyutsiya loyihasida bu choralarning dunyodagi tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash uchun zarurligi qayd etilgandi.
BMT XK tomonidan 2015 yil iyul oyida qabul qilingan va Eron yadro dasturini nazorat qilish, unga nisbatan qurol embargosini joriy qilishni ko‘zda tutuvchi 2231 rezolyutsiyasi muddati 2020 yil 18 oktabr kuni nihoyasiga yetadi.
Rossiyaning bayonot berishicha, 18 oktyabrdan keyin Eronga qarshi qurol embargosi masalasi yopiladi. Xitoy ham xuddi shunday pozitsiyani egallagan.
Mavzuga oid
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
20:03 / 12.06.2026