Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST epidemiologi davlatlarni karantin joriy qilmaslikka chaqirdi
JSST yana hammaga niqob kiyib yurishni maslahat berdi.
Foto: JSST
Tashkilotning bosh epidemiologi Marii Van Kerkxove COVID-19’ning ikkinchi va keyingi barcha to‘lqinlari paytida karantinga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ma'lum qildi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) keng jamoatchilikni koronavirus pandemiyasi tufayli endi karantin joriy qilmaslikka chaqirdi. Biroq, tashkilot ilgari cheklov choralarini so‘zsiz bajarishni talab qilgandi.
Pandemiya boshlanishida JSST dunyoning deyarli barcha mamlakatlariga koronavirus tarqalishini kamaytiruvchi qattiq karantin joriy etishni tavsiya qildi. Endi tashkilot bosh epidemiologi Mariya Van Kerkxovening fikricha, COVID-19’ning ikkinchi va undan keyingi to‘lqinlarida karantinga yo‘l qo‘yish kerak emas.
Uning iqtisodiy oqibatlari tibbiy jihatdan kelishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy holatdan ancha yuqori turadi. Niqoblarni taqish va ijtimoiy masofani saqlash yetarli choralar bo‘ladi.
Mutaxassislar, shuningdek, karantin paytida maktablarning yopilishini «avlod halokati» deb hisoblaydi. Ular ushbu cheklovlar tufayli saraton, infarkt va insultga chalingan bemorlarning ahvoli keskin yomonlashganini ta'kidlashdi. Karantin yuzlab jiddiy kasalliklarni, depressiya, stress, ishsizlik va ijtimoiy nizolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Mavzuga oid
07:15 / 25.02.2026
90 foizgacha o‘lim: insoniyatni qo‘rqitgan 10 virus
21:33 / 13.02.2026
Kremlda Putin bilan uchrashuv oldidan amaldorlar uchun karantin bekor qilindi – OAV
11:26 / 09.02.2026
Toshkentda bog‘chalardagi “karantin” haqidagi xabarlar rad etildi
21:31 / 30.01.2026