Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuz-qish mavsumida virus xavfi oshadimi? – ekspert izohi
Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Nargiza Nurullayeva AOKA huzurida bo‘lib o‘tgan brifingda kelib tushgan navbatdagi savollarga javob qaytardi.
Jumladan, savollardan birida “Vrachlarimizdan koronavirus bo‘lgan insonlarda qon quyuqlashadi deb eshitmoqdamiz, shu qanchalik to‘g‘ri?” – deya so‘ralgan.
“Koronavirus qon tomirlarning ichki yuzasini qoplovchi hujayralarni zararlashi mumkinligi to‘g‘risida ma'lumotlar ko‘payib bormoqda. Bunda tomir va kapillyarlarda mahalliy yallig‘lanish yuzaga keladi. Bugungi kunda ushbu virus avval boshdanoq hayot uchun muhim bo‘lgan a'zolarning mayda kalibrdagi tomirlarida gemostazni faollab, tromb hosil qilish va tomir ichida qonning quyuqlashishida o‘rni borligini tasdiqlash mumkin. Bunda nafaqat o‘pka zararlanadi, balki mikrosirkulyatsiyaning qamali ham kuzatiladi. Bularning barchasi kasallikning oqibatini aniqlashtiradi”, deya javob berdi Nargiza Nurullayeva.
Bundan tashqari ekspert yana boshqa savollarga ham javob berib o‘tdi:
“Bilamizki kuz va qish fasli yaqinlashmoqda, ushbu mavsumlarda koronavirus og‘ir kechishi mumkinmi, vaziyat qanday bo‘ladi?”
–Dunyodagi statistik ma'lumotlarga asoslanadigan bo‘lsak, har yili mavsumiy gripp va yuqori nafas yo‘llari kasalliklari bu fasllarda ko‘p uchraydi. Mavsumiy gripp – bu odamdan odamga o‘tuvchi, butun dunyo bo‘ylab uchraydigan o‘tkir virusli infeksiya hisoblanadi. Ko‘p insonlar tibbiy yordamsiz bu kasallikdan to‘liq sog‘ayib ketadi. Qish mavsumida o‘tkir respirator kasalliklar fonida koronavirus infeksiyasini qo‘shilishi kasallanish darajasini albatta oshiradi. Lekin bizda bugun davolash mezonlari ishlab chiqilgan va ishonchimiz komil bo‘lishi kerakki bizning fuqarolarimiz koronavirusga qarshi choralarni susaytirmasdan bajarishda davom etishadi.
Mavzuga oid
10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis
03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi
10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda
23:06 / 16.01.2023