Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik holatlar soni keskin kamaydi
O‘zbekistonda 21 avgust kuni 381ta yangi holat qayd etilib, jami holatlar soni 38 mingdan oshdi. Bugun shuningdek, 547 bemor tuzaldi, 6 bemor vafot etdi.
«Shu yilning 21 avgust kuni mamlakatimizda 381 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.
Bugun respublikaning 6 hududida tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida yangi holatlar aniqlandi va jami holatlar soni 38 ming 74taga yetdi.
Qayd etish kerakki, kunlik holatlar soni qatorasiga olti kun davomida 600dan past bo‘lib kelayotgandi va bugun so‘nggi bir oydan oshiq vaqt ichida ilk marta kunlik o‘sish 400dan past bo‘ldi.
Yangi holatlar (+381)
- Toshkent shahrida 227 holat;
- Toshkent viloyatida 127 holat;
- Samarqand viloyatida 13 holat;
- Qashqadaryo viloyatida 8 holat;
- Andijon viloyatida 3 holat;
- Navoiy viloyatida 3 holat.
Tuzalganlar (+547)
Bugun respublikaning 9 hududida 547 bemor sog‘ayib, shu vaqtgacha kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 33 ming 989 nafarga yetdi.
- Toshkent shahrida 382 nafar;
- Toshkent viloyatida 123 nafar;
- Buxoro viloyatida 12 nafar;
- Xorazm viloyatida 7 nafar;
- Andijon viloyatida 6 nafar;
- Surxondaryo viloyatida 6 nafar;
- Qoraqalpog‘istonda 5 nafar;
- Qashqadaryo viloyatida 3 nafar;
- Namangan viloyatida 3 nafar.
O‘lim holatlari (+6)
Bugun Toshkent shahrida 5 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi va shu vaqtgacha rasmiy statistikada qayd etilgan o‘lim holatlari soni 260taga yetdi.
- Shayxontohur tumanida yashagan 49 yoshli X.A. (erkak);
- Shayxontohur tumanida yashagan 44 yoshli R.A. (erkak);
- Yashnobod tumanida yashagan 74 yoshli O.S. (erkak);
- Uchtepa tumanida yashagan 59 yoshli G.M. (ayol);
- Chilonzor tumanida yashagan 69 yoshli R.M. (ayol);
- Zangiota tumanida yashagan 47 yoshli R.Yu. (erkak) vafot etdi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3 825 nafar bemor davolanmoqda, shundan 277 nafari og‘ir, 96 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Mavzuga oid
10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis
03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi
10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda
23:06 / 16.01.2023