Jahon | 01:32 / 21.08.2020
7783
1 daqiqa o‘qiladi

Malida vaqtinchalik prezident tayinlanadi

Harbiy qo‘zg‘olon yuz bergan Malida rahbarlik vazifalarini maxsus tayinlangan prezident bajaradi. Bu haqda qo‘zg‘olonni amalga oshirgan harbiylar ma'lum qilgan. Ularning bayonotida vaqtinchalik prezident harbiy bilan qatorda fuqaro shaxsi bo‘lishi mumkinligi aytib o‘tilgan.

Foto: AP

“Biz o‘tish vaqti prezidenti bilan o‘tish kengashi tashkil etmoqchimiz. Biz bu o‘tishni boshlash uchun fuqarolik jamiyati, muxolif partiyalar, siyosiy ko‘pchilik, butun dunyo bilan aloqada bo‘lib turibmiz”, deb ma'lum qilgan qo‘zg‘olonchilar vakili polkovnik Ismoil Vag.

Avvalroq Malida harbiylar tomonidan poytaxt Bamako yaqinidagi harbiy bazada qo‘zg‘olon ko‘tarilgan. Uning davomida harbiylar prezident Ibrohim Bubakar Keyta va bosh vazir Bubu Sisseni hibsga olishgan. Keyinroq prezident iste'foga chiqishini va parlament hamda hukumat tarqatilib yuborilishini e'lon qilgan.

Harbiylar mamlakatda umumiy saylovlarga olib keluvchi siyosiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga chaqirishgan, chegaralar yopilishi va komendantlik soati kiritilishini e'lon qilishgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid