Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni Xitoy bilan neft sohasidagi yirik shartnomani bekor qildi
Saudiya Arabistonining Saudi Aramco davlat neft kompaniyasi Xitoyda neftni qayta ishlovchi va neft-kimyo majmuasining qurilishi bo‘yicha yirik shartnomani bekor qildi.
Foto: Simon Dawson/Bloomberg
Bloomberg axborot agentligining xabar berishicha, Lyaonin provinsiyasida qurilishi rejalashtirilgan majmua loyihasi qiymati 10 mlrd dollarni tashkil qilishi kerak bo‘lgan. Biroq Saudiya kompaniyasi xarajatlarni juda katta, yangi majmuaning istiqbollarini esa mavhum deb topgan. Biroq Xitoy ushbu loyihani davom ettirmoqchi va Saudi Aramco hali o‘z fikrini o‘zgartirishi mumkinligini ta'kidlamoqda.
Saudi Aramco’ning ushbu rejalardan voz kechishiga 75 mlrd dollar miqdoridagi dividendlarni saqlab qolmoqchiligi sabab bo‘lgan. Shu tufayli kompaniya rahbariyati neft narxi pastlayayotgani va qarzdorlik ko‘payayotgani ortida xarajatlarni har qanday yo‘l bilan qisqartirishga urinmoqda.
Avvalroq Saudi Aramco’ning birinchi yarim yillikdagi sof daromadi 2019 yilning shu davriga nisbatan 2 martaga - 46 mlrd dollardan 23 mlrd dollargacha kamayib ketgani ma'lum bo‘lgan. Buning ortida Saudiya kompaniyasi dunyodagi eng qimmat kompaniya maqomini Apple’ga boy bergan.
Mavzuga oid
22:53 / 27.01.2026
Saudiya Arabistoni ulkan Mukaab kubi loyihasini muzlatib qo‘ydi – OAV
14:20 / 24.01.2026
O‘zbekistonda Saudiya Arabistonining yangi elchisi ish boshladi
18:39 / 16.01.2026
Saudiya Arabistonida keksa erkak vafot etdi, oilasi uning 142 yoshda ekanini da’vo qilmoqda
20:57 / 15.01.2026