Jamiyat | 10:26 / 24.08.2020
4916
2 daqiqa o‘qiladi

Seyfni buzib, 50 mln so‘m pullarni o‘g‘irlab ketgan shaxs ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: Shutterstock

2020 yilning 20 avgust kuni Narpay tuman IIBga Narpay tumani "Sarbozor" mahallasida yashovchi, M. ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati.

U 2020 yil 19 avgust kuni soat 03:30dan 2020 yil 20 avgust kuni soat 09:35lar oralig‘ida, noma'lum shaxs uning yashash uyiga hech kim yo‘qligidan foydalanib, g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonasidagi temir seyf qulfini qattiq jism bilan buzib, ichida bo‘lgan 50.000.000 so‘m hamda 200 AQSh dollari miqdoridagi pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, voqea joyidan yashiringanligini, ushbu jinoyatni sodir qilgan noma'lum shaxsni aniqlab, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rib, pullarini topib berishda amaliy yordam so‘ragan.

Olib borilgan dastlabki tergov harakatlari natijasida ushbu o‘g‘rilik jinoyati, Narpay tumani Salovat mahallasida yashovchi, M. tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, undan 50.000.000 so‘m va 200 (ikki yuz) AQSh dollari miqdoridagi pullar daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirilib olindi.

Mazkur holat yuzasidan Narpay tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid