Prezident Şavkat Mirziyoyev jamoatçilik vakillari bilan birga mamlakatimizga keltirilgan yangi «Hyundai Rotem» tezyurar poyezdida Samarqanddan Narpay tumaniga bordi.
«Buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdi nomi bilan atalgan uşbu poyezd mamlakatimizga yetkazib berilişi rejalaştirilgan oltita “Hyundai Rotem” poyezdlaridan birinçisi. Poyezd yetti vagondan iborat, soatiga 260 kilometrgaça tezlikda harakatlana oladi.
Oynalari qoraytirilgan oq rangli tarkib Özbekiston bayroğini eslatuvçi moviy, yaşil va qizil rangli çiziqlar hamda “Jaloliddin Manguberdi” yozuviga ega. Poyezdning uzunligi 175 metrni, siğimi esa uçta – VIP, biznes va ekonom toifalarida 390 nafarga yaqin yölovçini taşkil etadi.
Poyezd Özbekiston iqlimi uçun maxsus işlab çiqilgan bölib, çangga, juda yuqori va juda past haroratlarga hamda qum böronlariga çidamli tizimlar bilan jihozlangan, uzoq masofalarga möljallangan», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Yaqin orada «Jaloliddin Manguberdi» poyezdi Toşkent – Urganç – Xiva yönalişi böylab qatnay boşlaydi. Qatnov vaqti 7 soatni taşkil etişi kutilmoqda.
Safar çoğida davlat rahbari viloyat faollari, mehnat faxriylari va ilğor yoşlar bilan samimiy suhbatlaşdi.


Mamlakatda bölayotgan keng kölamli özgarişlar, tobora köpayib borayotgan yirik loyihalar, odamlar farovonligi va qulayligi uçun amalga oşirilayotgan ezgu taşabbuslar haqida fikr almaşildi.
Narpayga kelgaç, prezident gidroponika usulida taşkil etilgan qulupnayçilik issiqxonasi faoliyati bilan tanişdi.

Samarqandda azaldan dehqonçilik madaniyati rivoj topgan. Yer va suvdan unumli foydalaniş böyiça tajriba katta. Narpay tumanida ham har qariç yer maydoni va mavjud suv resurslaridan samarali foydalaniş, ilğor agrotexnologiyalarni joriy etişga e’tibor ortib bormoqda.















