O‘zbekiston | 16:30 / 24.08.2020
43952
1 daqiqa o‘qiladi

Yashnobod tumani hokimi ishdan olindi

Toshkent shahrining Yashnobod tumani hokimi Hojiakbar Tillashayxov lavozimini tark etdi. Shahar hokimligi axborot xizmati rahbari Furqat Mahmudxo‘jayev Kun.uz muxbiriga bu ma'lumotni tasdiqladi.

Foto: Yashnobod tumani hokimligi

Hojiakbar Tillashayxov 2018 yil iyuldan buyon ushbu lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyi boshida Sergeli tumani hokimi Baxtiyor Shamuratov lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi. Keyinroq Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev shahardagi 5ta tuman hokimiga, shu jumladan Hojiakbar Tillashayxovga «pandemiya davrida aholi tomonidan ko‘plab e'tirozlar bildirayotgani hamda belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani» uchun «hayfsan» bergandi. 

Tez orada Yashnobod va Sergeli tumanlariga yangi rahbarlar tayinlanishi kutilmoqda.

Mavzuga oid