Yashnobod tumani hokimi ishdan ketdi. Tumanga hokim vazifasini bajaruvchi tayinlandi
Hojiakbar Kamoliddinovich Tillashayxov Toshkent shahrining Yashnobod tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Hojiakbar Tillashayxov 1983 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2004 yilda Toshkent kimyo texnologiya instituti, 2009 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasi bank-moliya akademiyasi, 2016 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Bundan avval «Ipak yo‘li» banki Sag‘bon filiali boshqaruvchisining o‘rinbosari, 2016-2017 yillarda - Yashnobod tumani hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar sohasi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, 2017-2018 yillarda - Yashnobod tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
2017 yil aprelidan buyon Yashnobod tumani hokim sifatida ishlab kelgan Dilmurod Rahmatjonovich Turdiyev qayerga ishga o‘tkazilgani hozircha noma'lum.
Mavzuga oid
11:26 / 23.12.2024
Tuman va shaharlar hokimliklariga qo‘shimcha ma’muriy vakolatlar beriladi
14:21 / 21.12.2024
Hokimlar va futbol. Yil boshidagi maqsad va xarajatga yarasha qanday natijaga erishildi?
20:18 / 30.11.2024
Energetika sohasidagi sustkashlik uchun 14 nafar hokimga hayfsan berildi
09:33 / 25.11.2024