O‘zbekiston | 13:30 / 25.08.2020
26760
2 daqiqa o‘qiladi

SSV vakili: «Maktablarni ochishda e'tiborga olinishi kerak bo‘lgan jihatlar bor»

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Rustam Ikromov ishtirokida “Koronavirus pandemiyasi vaqtida ko‘rilayotgan choralar”ga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi.

Foto : KUN.UZ

Unda maktablarning ochilishi bilan bog‘liq amalga oshiriladigan ishlar haqida ma'lumot berildi.

“Avvalambor maktablarni ochilishini ijobiy baholashimiz darkor, o‘quvchilarni nafaqat bilim olishi balki psixologik holati ham muhim jihat, biroq maktablarning ochilishida e'tiborga olishimiz zarur bo‘lgan tomonlari mavjud, jumladan: 

  • maktabga tashqaridan infeksiyaning kirishiga yo‘l qo‘ymaslik;
  • o‘qituvchilar/o‘quvchilar va boshqa xodimlar orasida COVID-19 tarqalishining oldini olish choralarini ko‘rish.

Bu borada sanitariya me'yor va qoidalari ishlab chiqilgan va ayni kunlarda mutasaddi vazirlik va idoralar bilan kelishilmoqda”, - dedi Rustam Ikromov.

Shuningdek, bu borada maktabgacha ta'lim tashkilotlariga oid ma'lumot ham taqdim etildi.

“Avval xabar berganimizdek, maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatiga bog‘liq 0373-20 sonli “COVID 19 pandemiyasi davrida maktabgacha ta'lim tashkilotlarining ish faoliyatiga qo‘yiladigan vaqtinchalik sanitariya-gigiyenik talablar” sanitariya me'yor va qoidalari ishlab chiqildi va 2020 yil 12 avgustda tasdiqlandi. Ushbu qoidalarga muvofiq faoliyatni ruxsat etilgan kundan e'tiboran boshlashlari mumkin bo‘ladi”, - dedi shtab a'zosi.

Mavzuga oid