O‘zbekiston | 12:02 / 25.08.2020
2238
1 daqiqa o‘qiladi

Yunusobod tumanidagi ayrim manzillarda gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Ta'mirlash ishlaridan so‘ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.

"Hududgaz Poytaxt" matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2020 yil 25 avgust kuni Hamkorobod ko‘chasida qurib bitkazilgan yangi ko‘p qavatli turar uy-joyning past bosimli yer usti gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari, shuningdek, Mayqo‘rg‘on ko‘chasidagi yer usti gaz quvurining zulfini texnik-taftish o‘tkazish ishlari amalga oshiriladi.

Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan e'lon qilingan ma'lumotda aytilishicha, shu munosabat bilan tumandagi Hamkorobod ko‘chasida 50 ta, Mayqo‘rg‘on ko‘chasida 52 ta yerli aholi xonadoni soat 10:00dan 16:00ga qadar tabiiy gaz ta'minotidan vaqtinchalik uziladi. 

Qayd etilishicha, ta'mirlash ishlaridan so‘ng tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.

“Hududgaz Poytaxt” ta'mirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste'molchilaridan uzr so‘ragan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid