O‘zbekiston | 09:04 / 26.08.2020
7308
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Anatoliy Torkunovni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi

Prezident «Torkunov Anatoliy Vasilevichni O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti rektori Anatoliy Torkunov O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi.

Qayd etilishicha, unga O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, gumanitar sohadagi ko‘p yillik samarali hamkorlikni hamda akademik va ilmiy-ta'lim almashuvlar bo‘yicha uzoq muddatli dasturlarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlashdagi shaxsiy hissasi, shuningdek, xalqaro munosabatlar va iqtisodiyot sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdagi bevosita ishtiroki uchun orden berildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid