Tojikiston poytaxtida Chag‘oniyon tumani paydo bo‘lishi kutilmoqda
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida yangi tuman tashkil etilishi mumkin. Unga Chag‘oniyon deb nom berish taklif etilmoqda.
Oxirgi yillarda Dushanbe shahrining aholisi sezilarli ko‘payib, uning maydoni kengayib borayotgani sababli yaqin kelajakda Dushanbe shahrining ma'muriy-hududiy bo‘linishida o‘zgarishlar bo‘lishi va uning xaritasida yangi tuman paydo bo‘lishi mumkin.
Dushanbeda chop etiladigan «Sadoi Mardum» gazetasining iqtisodiyot bo‘limi rahbari Sayfiddin Sunnati yirik tuman hisoblangan Ibn Sino tumanini ikkiga bo‘lish va poytaxtda yana bitta yangi tuman tashkil etish taklifini ilgari surdi. Sunnatiga ko‘ra yangi tumanga Chag‘oniyon nomini berish lozim.
Sunnati o‘z taklifini o‘rta asrlarning boshlarida hozirgi O‘zbekistonning Surxondaryo viloyati va Tojikistonning Dushanbe shahri joylashgan Hisor vodiysida Chag‘oniyon davlati bo‘lganligi bilan asoslaydi. Turli vaqtlarda u ba'zan mustaqil davlat bo‘lgan, ba'zida Kushonlar, Eftalitlar, Sosoniylar kabi imperiyalar tarkibiga kirgan.
«Agar biz yangi tumanga Chag‘oniyon nomini bersak, tarixiy adolatni tiklaymiz», deydi Sayfiddin Sunnati o‘z maqolasida.
Dushanbe shahar ma'muriyatining ta'kidlashicha, poytaxtda yangi ma'muriy bo‘linma tuzish masalasi ko‘tarilmagan. Ammo hozirda Dushanbe shahri atrofida joylashgan Ro‘daki tumanidan yangi hududlarni qabul qilish va poytaxt hisobiga o‘tkazish jarayoni davom etmoqda.
2020 yilning birinchi yarmida Dushanbe shahar kengashi, uning raisi Rustam Imomali tomonidan poytaxtning yangi chegaralarini belgilash to‘g‘risidagi qarorini ma'qulladi. Ushbu qarorga binoan, Dushanbe shahrining hududi 7,66 gektarga kengaytirilib, jami 20,32 ming gektarga yetkaziladi.
Dushanbe shahrining bosh rejasiga ko‘ra, poytaxt hududi 2040 yilga kelib 25 ming gektarga, 2040 yildan keyin esa 30 ming gektarga yetkaziladi. Taxminlarga ko‘ra, bu vaqtda Dushanbe aholisi 1,5 millionga yetishi mumkin.
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri sobiq ittifoq respublikalari poytaxtlari orasida aholi soni bo‘yicha 12-o‘rinda turadi. Faqat Kishinyov, Bishkek va Tallin shaharlari aholi soni bo‘yicha Dushanbedan ortda qolmoqda.
Mavzuga oid
13:32 / 04.07.2024
Tojikistondagi YTHda uch o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
10:41 / 29.06.2024
Surxondaryo va Farg‘onada Tojikistondan olib kelingan 25 kgdan ortiq gashish musodara qilindi
19:09 / 24.06.2024
Tojikistonda to‘y va dafn marosimlarini o‘tkazish qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori oshirildi
19:01 / 22.06.2024