O‘zbekiston | 16:15 / 27.08.2020
29495
1 daqiqa o‘qiladi

Bo‘stonliq tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jo‘rabek Ahmedov Bo‘stonliq tumani hokimi lavozimida ish boshladi. 

Foto: Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati

Bugun, 27 avgust kuni, Bo‘stonliq tumanida Xalq deputatlari Bo‘stonliq tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, sessiya kun tartibidan tashkiliy masala o‘rin olgan. 

Bo‘stonliq tuman hokimi lavozimiga Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Investitsiyalarni jalb qilish va turizm infrastrukturasini rivojlantirish departamenti boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Jo‘rabek Ahmedovning nomzodi ko‘rsatildi va deputatlar tomonidan muhokama qilindi. 

Shundan so‘ng, J.Ahmedov Bo‘stonliq tumani hokimi lavozimiga tayinlandi, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, Bo‘stonliq tumaniga 2018 yil fevralidan buyon G‘ayrat Madaminov rahbarlik qilib kelayotgandi.

Mavzuga oid