Jahon | 00:51 / 27.08.2020
20057
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirusga takroran chalingan olim nega bunday bo‘lishining sababini tushuntirdi

Koronavirusga takroran chalingan moskvalik olim Anton Yershov infeksiyani boshdan o‘tkazgan odamlar nega yana unga chalinishlarining sababini tushuntirdi.

Foto: Sputnik / Aleksey Mayshev

Ma'lum qilinishicha, Reanimatologiya federal ilmiy-klinik markazi ilmiy xodimi bo‘lgan Anton Yershov koronavirusga birinchi bor chalinganda unda qisqa muddat tana harorati ko‘tarilgan, biroq antitanalarga test unda virus borligini ko‘rsatgan. Ikkinchi marta olimda koronavirus og‘irroq kechgan.   

“Birinchi kasallanishimdan keyin 2-3 oy davomida men deyarli hech narsadan qo‘rqmay yurdim, bemorlar bilan aloqada bo‘ldim, takroran kasallanmadim. Biroq 4-oyga kelib mendagi antitanalar miqdori keskin kamaya boshladi. Immunologiyada bir qoida bor: odam infeksiyani yengil kechirsa, undagi himoya kuchsiz shakllanadi, og‘ir kechirsa esa yaxshi shakllanib, uzoq vaqtga yetadi va antitanalar miqdori ko‘p bo‘ladi”, deb ta'kidlab o‘tgan mutaxassis. 

Bugungi kunda shifokorlarda koronavirusga takroran chalinish yuz berishini tushuntiruvchi ikkita asosiy versiya mavjud. Ulardan biriga ko‘ra, bunda haqiqatan takroran kasallanish yuz beradi. Ikkinchisiga ko‘ra esa, reaktivatsiya yuz beradi, ya'ni virus organizmda go‘yoki uyquga ketib, keyinroq esa uyg‘onadi.

Mutaxassislarning fikricha, nazariy jihatdan koronavirusga uchinchi marta ham chalinish mumkin, biroq hali bunday holatlar qayd etilmagan. Xavflarni faqatgina emlash kamaytirishi mumkin - bunda mutaxassislar deyarli yakdillar.

Mavzuga oid