O‘zbekiston | 10:51 / 27.08.2020
15338
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyadan 927 nafar o‘zbekistonlik poyezdda Namanganga olib kelindi

Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasining Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridan olib kelish uchun “Toshkent – Rostov-Don –Toshkent” temir yo‘l reysini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilgandi.  

Rossiya va Qozog‘iston tomoni bilan kelishuvga binoan, joriy yilning 23 avgust kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ poyezdi 927 nafar fuqaro bilan “Pervomayskaya” stansiyasidan O‘zbekistonga jo‘nagan. 

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur poyezd 27 avgust kuni Namangan viloyatiga yetib keldi. 

Qayd etilishicha, ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar viloyat transport boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan avtobuslarda karantin zonalariga yetkazildi.   

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid