Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko yana qo‘lida avtomat bilan paydo bo‘ldi
Foto: RIA "Novosti"
Belarus rahbari Aleksandr Lukashenkoning matbuot xizmati prezident o‘z qarorgohida ekanini ma'lum qildi. Buning isboti sifatida Lukashenkoning Mustaqillik saroyida bronejilet kiygan va qo‘lida avtomat bilan tasvirlangan surati namoyish qilingan.
Ta'kidlanishicha, ushbu surat namoyishchilar saroy oldiga kelishgan vaqtda, mahalliy soat bilan 16da olingan.
Lukashenko o‘tgan yakshanba, 23 avgustdagi namoyishlar vaqtida o‘z qarorgohiga vertolyotda kelgani videosi tarqalgandi. Belarus prezidenti o‘shanda ham bronejiletda va qo‘lida avtomat bilan bo‘lgan.
30 avgustda Minskda Mustaqillik saroyi oldida norozilik namoyishi bo‘lib o‘tgan. Mamlakat ichki ishlar vazirligi 125 namoyishchi qo‘lga olinganini ma'lum qilgan. Prezident qarorgohiga BTRlar kelgani, shahar markaziga BMPlar kolonnasi yo‘l olayotgani ma'lum qilingan. Saroy tomida qurollangan kishilar, taxminlarga ko‘ra, snayperlar payqalgan.
29 avgustda Minskda ko‘p minglik ayollar marshi bo‘lib o‘tgandi. Namoyishchilar kuch xizmatlari xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan zo‘ravonlikka qarshi chiqishgan.
Mavzuga oid
11:35 / 13.03.2026
XJS Lukashenko tanqidchilarining Belarusdan chiqarib yuborilishini tergov qilmoqda
17:51 / 09.03.2026
Lukashenko Belarus o‘zbekistonlik migrantlardan mamnun ekanini aytdi
10:30 / 21.01.2026
Lukashenko Trampning “Tinchlik kengashi”ga qo‘shilishga rozi bo‘ldi
15:24 / 31.12.2025