O‘zbekiston | 08:09 / 03.09.2020
2594
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatining ayrim tumanlarida elektr ta'minoti vaqtincha o‘chiriladi

Bekobod, Zangiota va Bo‘stonliq tumanlarida elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi. Toshkent viloyati hokimligi "Toshkent HETK" AJ tezkor dispetcherlik xizmatiga tayangan holda shu haqda xabar berdi.

Xabarga ko‘ra:

bugun, 3 sentabr kuni soat 08.00dan – 12.00gacha vaqt oralig‘ida Zafar elektr ta'minoti korxonasi tomonidan “Yangi hayot”  MFY hududiga elektr ta'minotini yetkazib beruvchi podstansiya "Bog‘i shamol" L-Sh-D,  XT - 35kv 35/0,4kv.da;                                                                                      

soat 13.00dan 17.00gacha vaqt oralig‘ida Zangiota tumani elektr ta'minoti korxonasi tomonidan “Navro‘z” MFY, “Qodir Yusupov” MFY hududlariga elektr energiyasini yetkazib beruvchi podstansiya "Eshonguzar"ning T-3 RZIA.da;                                                                                                                     

payshanba kuni soat 09.00dan soat 18.00 gacha vaqt oralig‘ida Bo‘stonliq tumani elektr ta'minoti korxonasi tomonidan “Novobod” MFY, “Markaz” MFY hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi podstansiya "Chimyon"ning II ssh - 10kV.larda joriy ta'mirlash ishlari olib borilishi va boshqa zarur ekspluatatsiya texnik ishlarning o‘tkazilishi sababli vaqtinchalik elektr energiyasi bo‘lmaydi.

"Toshkent HETK" AJ yuzaga keladigan noqulayliklar uchun Bekobod, Zangiota, Bo‘stonliq tumanlari aholisidan uzr so‘ragan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid