O‘zbekiston | 08:13 / 05.09.2020
3986
3 daqiqa o‘qiladi

Andijon viloyatida texnopark tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasi 25.08.2020 yildagi “Andijon viloyatida axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan texnologik parkni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 511-son qarorni qabul qildi.
 
Qaror bilan IT-sohasini va dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish, startap-loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va investitsiya muhitini yaxshilash, yoshlarning AKT sohasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularga dasturlash asoslari, elektron tijorat yo‘nalishlarini o‘rgatishga ko‘maklashish maqsadida Andijon viloyatida:

  • Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 noyabrdagi 921-son qaroriga muvofiq 16 ta raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil qilinishi nazarda tutilganligi;
  • Andijon axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejining bazasida (Andijon shahri, Boburshoh ko‘chasi, 2-uy) Andijon "Digital City" texnoparki tashkil etilganligi ma'lumot uchun qabul qilindi. U Andijon viloyati hokimligiga davlat mulki sifatida operativ boshqaruv huquqi bilan bepul beriladi. Texnopark faoliyatini "Digital City" direksiyasi boshqaradi.

Norma’ning yozishicha, quyidagilar texnoparkning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari hisoblanadi:

  • texnoparkni buyurtmalar bilan ta'minlash maqsadida viloyatdagi tashkilotlar ychun joriy etiladigan mahalliy dasturiy mahsulotlarning ustuvor loyihalarini amalga oshirishda mahalliy buyurtmalar portfelini shakllantirish;
  • viloyatda AKT sohasida raqobatbardosh mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqish, ularni ichki va tashqi bozorlarda taklif etish;
  • yuqori texnologiyali mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarish zanjirining uzluksizligini ta'minlash maqsadida ilmiy, ta'lim, ishlab chiqarish tashkilotlarining integratsiyalashuvi;
  • AKT sohasida yangidan ish boshlagan va kichik korxonalarga startap-loyihalarni amalga oshirishda, innovatsiya faoliyati natijalarini tijoratlashtirishga ko‘maklashish;
  • mahalliy dasturiy mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilishda, shu jumladan zamonaviy texnologiyalar va dasturiy mahsulotlar transferini amalga oshirishga ko‘maklashish;
  • qishloq va suv xo‘jaligi, ta'lim, sog‘liqni saqlash, bank va boshqa sohalarda raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali "raqamli tadbirkorlik"ni rivojlantirish.

Andijon viloyati hokimligi mahalliy budjeti, texnoparkda tashkil qilingan o‘quv kurslaridan va uning boshqa faoliyat turlaridan tushgan mablag‘lar, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar texnoparkni tashkil qilishni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.

Hujjat 25.08.2020 yildan kuchga kirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid