Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Psixiatriya yordami ko‘rsatish sohasidagi vakolatlar aniq belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi mamlakatda mazkur sohada yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta'minlashi belgilanmoqda.
Qonunchilik palatasida deputatlar yangi tahrirdagi “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ustida ish olib borishyapti, deyiladi parlament saytidagi xabarda.
Qayd etilishicha, hujjat bilan aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish sohasida vakolatli davlat organlarining vakolatlari, ruhiy holati buzilgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va psixiatriya yordami bilan ta'minlash, psixiatriya yordami ko‘rsatuvchi shaxslar va muassasalar, tibbiyot xodimlari va boshqa mutaxassislarning huquq va majburiyatlari, psixiatriya yordami turlari va uni ko‘rsatish tartibi aniq belgilanmoqda.
Qonun loyihasiga mas'ul — Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi huzuridagi ishchi guruhi yig‘ilishida ushbu hujjatni ikkinchi o‘qishga pishiq-puxta tayyorlash, bildirilgan takliflarni tahlil qilishga jiddiy ahamiyat qaratildi. Jarayonlarga soha mutaxassislari ham jalb etilgani diqqatga sazovor.
— Ta'kidlash lozim, mamlakatimizda bugungi kunda psixiatriya xizmati faoliyati 2000 yilda qabul qilingan “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonun bilan tartibga solib kelinmoqda, — deydi qo‘mita raisi o‘rinbosari Maqsuda Vorisova. — Amaldagi hujjatda aholiga psixiatriya yordamini ko‘rsatish va uni tashkillashtirishning asosiy prinsiplari belgilangan. Ammo unda bir qator muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masalalar, chunonchi, psixiatriya yordami moliyaviy ta'minotining xususiyatlari, xususiy tibbiy va tibbiy ijtimoiy tashkilotlar tomonidan psixiatriya yordamini ko‘rsatish imkoniyatlari, psixiatriya yordamini ko‘rsatishda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish nazarda tutilmagan.
Ishchi guruhi yig‘ilishida deputatlar tomonidan Vazirlar Mahkamasining, Sog‘liqni saqlash vazirligining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining aholiga psixiatriya yordami ko‘rsatish sohasidagi vakolatlarini aniq belgilash masalalariga alohida e'tibor qaratishdi. Xususan, Vazirlar Mahkamasi mamlakatda mazkur sohada yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta'minlashi, vazirlik esa, mazkur siyosatni ro‘yobga chiqarishi lozimligi belgilanmoqda. Shuningdek, vazirlikka ushbu sohadagi tarmoq dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlash hamda amalga oshirish, bu sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish kabi vakolatlarni ham berish lozimligi ta'kidlandi.
Shuningdek, xalq vakillari muhokamalar chog‘ida ruhiy holati buzilgan va dispanser kuzatuviga olingan shaxslarning yagona elektron reyestrini yaratish hamda uni yuritish tartibini belgilash, g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya muassasasiga yotqizilgan shaxslarni tekshiruvdan o‘tkazish tartibiga aniqliklar kiritish, g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya muassasasiga yotqizish bo‘yicha sud qarorini chiqarishga oid masalalarni aniqlashtirishga alohida e'tibor qaratishdi.
Mavzuga oid
19:32 / 15.05.2026
“Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi
15:26 / 18.02.2026
Davlat bayrog‘ini namoyish etishda yagona talablar joriy etiladi
16:19 / 16.02.2026
Iste’molchilar shartnomalarida noqulay shartlar cheklanadi
12:27 / 16.02.2026