Jahon | 15:07 / 05.09.2020
13771
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp koronavirusga qarshi AQSh vaksinasi qachon tayyor bo‘lishi mumkinligini aytdi

Donald Tramp vaksina sinovi natijalarini yaqin haftalarda olishi kutilayotgan Pfizer kompaniyasini e'tirof etdi.

Foto: AFP/Getty Images

Amerikaning koronavirusga qarshi vaksinasi oktyabrda tayyor bo‘lishi mumkin. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Fox Business.

 «Biz xavfsiz va samarali vaksinani o‘zimiz aytgan rekord muddatda ishlab chiqarishda davom etmoqdamiz. Fikrimcha, uni yil oxirigacha olamiz. Ehtimol, oktabr oxirigacha», — dedi Tramp.

Donald Tramp vaksina sinovi natijalarini yaqin haftalarda olishi kutilayotgan Pfizer kompaniyasini e'tirof etdi. AQShda shuningdek, Johnson & Johnson, Merck va Moderna kompaniyalari ham vaksina ishlab chiqish bilan shug‘ullanmoqda.

 The New York Times gazetasining yozishicha, AQSh sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vazirligi aprel oyida Tramp ma'muriyati uchun tayyorlagan taqdimotda vaksina 2020 yil oktyabrda tayyor bo‘lishini ta'kidlagan.

 Oq uy apparati rahbari Mark Medouzning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Rossiyada ishlab chiqarilgan vaksinadan foydalanmaydi.  

Mavzuga oid